Barcha yangiliklar
Oxshix mahallasida ichimlik suvi inshooti yangilanmoqda.
Gallery image 212020
Gallery image 212021
Gallery image 212022
Gallery image 212023
MURODOV RAXMAT AXADOVICH
05 Avg 2026
15:33

Oxshix mahallasida ichimlik suvi inshooti yangilanmoqda.

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I.Xolov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Norov O‘zbekiston Respublikasining «Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish to‘g‘risida»gi Qonuni — 2022-yil 22-iyul, O‘RQ-784-songa asosan Oxshix mahallasi hududida joylashgan "Oxshix" suv inshootida olib borilayotgan qayta qurish va ta’mirlash ishlari bilan tanishdilar.

O‘rganish davomida qurilish ishlarining borishi, obyektning tayyorgarlik holati hamda belgilangan reja asosida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
 🛫Mazkur suv inshooti foydalanishga topshirilgach, hududda yashovchi 5 000 nafar aholini sifatli va barqaror toza ichimlik suvi bilan ta’minlashga xizmat qiladi.

🛫Deputatlar qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda va sifat talablari asosida yakunlash aholi turmush farovonligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar.