Barcha yangiliklar
Kotib
Gallery image 211992
Gallery image 211993
Gallery image 211994
Gallery image 211995
Gallery image 211996
Gallery image 211997
AZIZOVA GULCHEXRA XAYDAROVNA
11 Avg 2026
15:13

Kotib

Joylardagi bunyodkorlik, kommunal tayyorgarlik, ijtimoiy dasturlar va aholi murojaatlari ijrosi doimiy ravishda mahalliy hududlarda tuzilgan maxsus ishchi guruhlari tomonidan nazorat qilib boriladi. Bu kabi o‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar beriladi.

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashining 10-“Bahor” okrugi deputati, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi a’zosi Muzaffar Mamayusupov “Bog‘imaydon” mahallasida o‘tkazilgan o‘rganish tadbirlarida bevosita ishtirok etdi.

O‘rganishlar natijasi asosida mahallani yanada obod qilish, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini kengaytirish, hududda ozodalikni ta’minlash, atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik madaniyatni yuksaltirish, aholi o‘rtasida mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Qayd etilganidek, bu kabi tadbirlar mahallalarda obod va fayzli muhitni qaror toptirish, aholining ijtimoiy faolligini oshirish hamda bag‘rikenglik va o‘zaro hurmat kabi ezgu qadriyatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.