Barcha yangiliklar
Deputatlarga o'quv seminar o'tkazildi
Gallery image 24687
Gallery image 24688
Gallery image 24689
Gallery image 24690
Gallery image 24691
Gallery image 24692
Gallery image 24693
YERNIYAZOV KAKIMBEK AKILBEKOVICH
23 Yan 2025
18:01

Deputatlarga o'quv seminar o'tkazildi

 Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan tasdiqlangan reja grafikga asosan Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashi deputatlari uchun 2024-yil 22-yanvar kuni o‘quv seminari tashkil etildi.O‘quv seminarni Xalq deputatlari Beruniy tumani Kengashi kotibiyati mudiri Seytimov Baxtiyor Rozimovich olib bordi. Seminarda deputatlar tomonidan 5 yil davomida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi. Seminarga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi raisi Yeshimbetov Xalila Bekimbetovich, Ishbilarmonlar harakati O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi raisi o‘rinbosari Adilchayev Baxodir Polatovich, O‘zbekiston milliy tiklanish demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi raisi o‘rinbosari O‘rinbaev Axmet Nagmetovich, O‘zbekiston “Adolat” sotsial demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengash raisi o‘rinbosari Otarbaev Rauaj Jienbaevich hamda Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashi deputatlari, tuman siyosiy partiyalar va ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi