Barcha yangiliklar
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha joyida o‘rganildi
Gallery image 211899
Gallery image 211900
Gallery image 211901
Gallery image 211902
Gallery image 211903
Gallery image 211904
Gallery image 211905
RAXIMJONOV ULUG‘BEK SOTVOLDI O‘G‘LI
10 Avg 2026
00:00

Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha joyida o‘rganildi

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 19-"Konizar" saylov okrugi deputati F.Musurmonqulov hamda Kengash Kotibiyati bosh mutaxassisi U.Raximjonov tomonidan "Maylovoy" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida 2026-yilgi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihaning amalga oshirilish jarayoni joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida mazkur mahalla Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 2026-yil 11-fevraldagi VII-18-8-11-152-K/26-sonli qarori bilan og‘ir hudud sifatida belgilanganligi hamda mazkur hududni rivojlantirish uchun ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Xususan, elektr ta’minoti va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yaxshilash maqsadida amalga oshiriladigan loyiha doirasida:
🔹 3 dona (250 kVA) transformator o‘rnatish;
🔹 150 dona temir-beton tayanch ustunlarini o‘rnatish;
🔹 6 kilometr SIP kabel tortish (yangilash) ishlari amalga oshiriladigan hududlar o‘rganildi.

O‘rganish yakunida loyiha fuqarolar manfaatlaridan kelib chiqib, qulay va maqbul hududlarda amalga oshirilishi rejalashtirilgani ta’kidlandi.