Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi
Gallery image 211824
Gallery image 211825
Gallery image 211826
Gallery image 211827
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
11 Avg 2026
12:53

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputatlari D.Egamqulova, N.Turdiyev hamda bosh mutaxassis D.Shakarboyev tomonidan A.Navoiy mahallasi hududida joylashgan workout maydonchasining saqlanish va foydalanish holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida maydonchadagi sport jihozlarining holati, hududning obodonlashtirilganligi hamda jihozlardan aholining samarali foydalanishi uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, sport maydonchasini doimiy ravishda saqlash va aholi, ayniqsa, yoshlarning undan samarali foydalanishini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.