Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi
Gallery image 211812
Gallery image 211813
Gallery image 211814
Gallery image 211815
Gallery image 211816
Gallery image 211817
Gallery image 211818
Gallery image 211819
Gallery image 211820
Gallery image 211821
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
11 Avg 2026
12:51

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputatlari D.Egamqulova, N.Turdiyev hamda bosh mutaxassis D.Shakarboyev tomonidan A.Navoiy MFY hududida joylashgan 3-sonli umumta’lim maktabining yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida maktabdagi sinf xonalari ta’mirlanganligi, shuningdek, ta’lim muassasasi hududida obodonlashtirish ishlari olib borilayotganligi aniqlandi.

Shu bilan birga, maktabning tashqi fasadi ta’mirtalab holatda ekanligi, shuningdek, faollar zalining ta’mirga muhtojligi va zarur jihozlar bilan ta’minlanmagani ma’lum bo‘ldi. Mazkur masala yuzasidan maktab direktori murojaat qilib, faollar zalini ta’mirlash va zarur jihozlar bilan ta’minlashda amaliy yordam ko‘rsatishni so‘radi.

Aniqlangan muammolar deputatlar tomonidan nazoratga olinib, ularni ijobiy hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga takliflar kiritilishi belgilandi.