Barcha yangiliklar
“XONCHARBOG‘” MAHALLASIDA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI
Gallery image 211791
Gallery image 211792
Gallery image 211793
Gallery image 211794
Gallery image 211795
Gallery image 211796
Gallery image 211797
XOLIQJONOVA BARNOXON AXROR QIZI
11 Avg 2026
12:28

“XONCHARBOG‘” MAHALLASIDA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI

 “XONCHARBOG‘” MAHALLASIDA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI

⚡️Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Kamoliddin Babayev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi U. Shopotixov tomonidan “Xoncharbog‘” mahalla fuqarolar yig‘inida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

🗣 Uchrashuv davomida fuqarolar, shuningdek, ijtimoiy xodim tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar atroflicha o‘rganildi. Jumladan, ta’mirtalab xonadonlarni ta’mirlash, ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda nuroniylarni sanatoriy-sog‘lomlashtirish maskanlariga yo‘llanma asosida yuborish masalalari yuzasidan murojaatlar ko‘rib chiqildi.

📘 Aniqlangan muammo va masalalar “Ko‘chama-ko‘cha deputat daftari”ga qayd etilib, nazoratga olindi. Ularning qonunchilikda belgilangan tartibda hal etilishi yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘riladi.

📌 Har bir murojaat e’tibor bilan o‘rganilib, fuqarolarni qiynayotgan masalalarni qonuniy va amaliy jihatdan hal etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.