Barcha yangiliklar
Hamdo‘stlik mahallasida aholi bandligi va farovonligini oshirish masalalari o‘rganildi
Gallery image 211783
MIRZAYEVA DILOBARXON RUSTAMOVNA
11 Avg 2026
12:22

Hamdo‘stlik mahallasida aholi bandligi va farovonligini oshirish masalalari o‘rganildi

Mahallaning mavjud imkoniyatlari va o‘sish nuqtalari, aholi bandligini ta’minlash, ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish, shuningdek, hududni har tomonlama rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, mahalladagi mavjud muammolarni barvaqt aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.
O‘rganish davomida fuqarolar uchun sayyor qabul ham tashkil etilib, aholi tomonidan bildirilgan murojaatlar tinglandi. Xususan, elektr ta’minotini yaxshilash, qo‘shimcha tayanch ustunlar o‘rnatish, shuningdek, fuqarolar bandligini ta’minlash bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.
Murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni hal etish yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.