Barcha yangiliklar
📌Haftalik ish rejalari belgilandi
Gallery image 211754
Gallery image 211755
Gallery image 211756
Gallery image 211757
Gallery image 211758
BEGIMQULOV MUSURMON XOLBUTAYEVICH
10 Avg 2026
11:48

📌Haftalik ish rejalari belgilandi

📌Haftalik ish rejalari belgilandi

Haftaning ilk ish kunida Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi kotibiyatida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

🌀 Unda o‘tgan hafta davomida amalga oshirilgan ishlar, berilgan topshiriqlar ijrosi hamda erishilgan natijalar muhokama qilinib, faoliyat samaradorligini yanada oshirish masalalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar tinglandi.

✔️ Yig‘ilishda joriy haftada amalga oshirilishi rejalashtirilgan tadbirlar, deputatlik faoliyatini muvofiqlashtirish, sessiyalar va doimiy komissiyalar faoliyatini tashkiliy qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, fuqarolar murojaatlari bilan ishlashning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi.

♾ Muhokamalar yakunida mas’ul xodimlarga aniq vazifalar yuklatilib, topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.