Barcha yangiliklar
Kotib
Gallery image 211713
Gallery image 211714
Gallery image 211715
AZIZOVA GULCHEXRA XAYDAROVNA
11 Avg 2026
11:08

Kotib

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati, O‘zbekiston XDP a’zosi Shoxzoda Kurbanova “Alpomish” mahallasida navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi.

Qabulda deputat fuqarolarning elektr simlarining tartibsizligi hamda Buyuk ipak yo‘li ko‘chasidagi maishiy chiqindilarni olib ketish va mahalla hududidagi daraxtlarga shakl berish masalalari bo‘yicha murojaatlarni ko‘chama-ko‘cha yurish daftariga qayd etdi.

Shuningdek, 24 ta tavsiya asosida aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish holatlari, aholi salomatligini doimiy nazoratga olinganligi bo‘yicha suhbatlashdi.

Qabulda fuqarolar ko‘targan muammo-kamchiliklar deputat tomonidan nazoratga olinib, tegishliligi bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlar amalga oshirilishi rejalashtirildi.