Barcha yangiliklar
Yangi Hayot mahallasida obodlik masalalari o‘rganildi
Gallery image 211699
Gallery image 211700
MUXITDINOV MUXAMMADFUZAYLIDDIN BAXROM UGLI
11 Avg 2026
10:57

Yangi Hayot mahallasida obodlik masalalari o‘rganildi

O‘rganish davomida hududning sanitariya holati, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, ichki yo‘llar, tashqi yoritish tizimi, ko‘kalamzor hududlar hamda binolarning tashqi ko‘rinishiga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mahalla aholisi bilan muloqot qilinib, fuqarolarning muammolari va takliflari tinglandi.

️ Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, aholi uchun qulay sharoit yaratish, piyodalar uchun maxsus yo‘laklar va bekatlar tashkil etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

🇺🇿 Mahallalar obodligi va aholi farovonligini ta’minlashga qaratilgan ishlar izchil davom ettiriladi.

️ Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi