Barcha yangiliklar
AHOLI BILAN BEVOSITA MULOQOT
Gallery image 211674
Gallery image 211675
Gallery image 211676
Gallery image 211677
Gallery image 211678
ABDUVOSITOVA GAVHAROY KAMOLIDINOVNA
11 Avg 2026
10:36

AHOLI BILAN BEVOSITA MULOQOT

 Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashi deputati G.Soliyeva Fazogir mahallasi Shinam va Navbahor ko‘chalaridagi aholi xonadonlarida uyma-uy yurib, o‘rganish ishlarini olib bordi. Tashrif davomida deputat xonadonlarga kirib, fuqarolar bilan ochiq va samimiy muloqot qildi. Suhbatlar jarayonida aholining kundalik turmushi, mavjud muammolari, ijtimoiy ehtiyojlari hamda ularni
qiynayotgan masalalar tinglandi.
Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar deputat tomonidan qayd etilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borish belgilandi. Aholi bilan bevosita muloqot qilish, ularning muammolarini joyida o‘rganish va amaliy yechim topish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.