Barcha yangiliklar
Maktab hududidagi obodonlashtirish ishlari nazorat qilindi
AYMBETOV AJINIYAZ SHARAPATDINOVICH
10 Avg 2026
20:16

Maktab hududidagi obodonlashtirish ishlari nazorat qilindi

 Maktab hududidagi obodonlashtirish ishlari nazorat qilindi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Artikov Davron Omarbayevich o‘zi saylangan “Naymanko‘l” OFY 1-Nayman saylov okrugi hududida “Mahallada obodlik va mehr-oqibat oyligi” doirasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlarini o‘rgandi.

🏫 Jumladan, hududdagi maktablarda obodonlashtirish ishlarini tashkil etish, maktab atrofi va ichki hududlarni ozoda saqlash, ko‘kalamzorlashtirish hamda ta’lim muassasalarining tashqi ko‘rinishini yanada yaxshilash masalalariga e’tibor qaratildi.

🔍 O‘rganish davomida mavjud holat ko‘zdan kechirilib, maktab hududini tartibli va fayzli saqlash, obodonlashtirish ishlarini sifatli tashkil etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

🌿 Obod va ozoda maktab muhiti — o‘quvchilar uchun qulay sharoit yaratishning muhim qismidir.