Barcha yangiliklar
“Davronbek” mahallasida tashlandiq bino holati o‘rganildi
Gallery image 211417
Gallery image 211418
Gallery image 211419
Gallery image 211420
Gallery image 211421
Gallery image 211422
ADXAMOV ASADBEK AZIZJON O‘G‘LI
10 Avg 2026
19:10

“Davronbek” mahallasida tashlandiq bino holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati N.Shomatov tomonidan “Davronbek” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari X.Abdullayev va A.Adhamov tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

O‘rganish davomida mahalla hududida joylashgan, avval “Agrokimyo” tashkilotiga tegishli bo‘lgan binoning bugungi holati ko‘zdan kechirildi. Mazkur bino belgilangan tartibda auksion savdolari orqali tadbirkorlik subyekti tomonidan sotib olingani ma’lum bo‘ldi.

Hozirgi kunda bino va uning atrofi o‘ta tashlandiq holatda ekani, hududdan samarali foydalanish va uni obodonlashtirish zarurligi qayd etildi.

O‘rganish davomida mazkur binoni qayta foydalanishga topshirish, hududni obodonlashtirish hamda yangi faoliyat turini yo‘lga qo‘yish maqsadida tadbirkorlik subyekti tomonidan yaqin kunlarda qayta qurish va ta’mirlash ishlarini boshlash yuzasidan kelishib olindi.

Mazkur masala deputat N.Shomatov nazoratiga olinib, belgilangan ishlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishi yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishi belgilandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi