Barcha yangiliklar
“Parpashabof” mahallasida oilaviy tadbirkorlik faoliyati o‘rganildi
Gallery image 211400
Gallery image 211401
Gallery image 211402
Gallery image 211403
Gallery image 211404
Gallery image 211405
ADXAMOV ASADBEK AZIZJON O‘G‘LI
10 Avg 2026
19:02

“Parpashabof” mahallasida oilaviy tadbirkorlik faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Sh.Rasulova tomonidan “Parpashabof” mahallasida hokim yordamchisi A.Ikramov faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida Obod yurt ko‘chasi 35-uyda istiqomat qiluvchi, oilaviy tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi A.Atadjanovlar xonadoni faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

Ma’lum bo‘lishicha, oilaga hokim yordamchining ko‘magida tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida 30 million so‘m imtiyozli kredit ajratilgan.

Ajratilgan mablag‘ hisobidan xonadonda ko‘rpa-yostiq g‘iloflari ishlab chiqarish faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Bugungi kunda ushbu faoliyat turi orqali oilaning barcha a’zolari mehnat bilan bandligi ta’minlangan.

O‘rganish davomida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, mavjud ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ijobiy baholandi.

Uchrashuv va o‘rganish ishlariga Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi