Barcha yangiliklar
Zovurlar holati va suv ta’minoti — deputat nazoratida
Gallery image 211378
Gallery image 211379
Gallery image 211380
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
10 Avg 2026
18:51

Zovurlar holati va suv ta’minoti — deputat nazoratida

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan sug‘oriladigan maydonlarning unumdorligini oshirish, meliorativ holatini yaxshilash, suv ta’minotini yaxshilash hamda qishloq xo‘jaligida resurs tejovchi zamonaviy sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha belgilangan vazifalarning tumanda ijro etilishi holati yuzasidan hududlarda o‘rganish ishlari davom etmoqda.
🔎 Mazkur yo‘nalish doirasida Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati N. Dusmurodov tomonidan Mang‘itobod mahallasi hududidan oqib o‘tayotgan zovurlar holati o‘rganildi.
🏘 Mahallada jami 9 ta ko‘cha mavjud bo‘lib, o‘rganish jarayonida 1-ko‘cha Porloqyo‘l ko‘chaboshisi O. Rajabov bilan suhbat o‘tkazildi. Suhbat davomida hududdagi zovurlar holati, suv oqimi va aholini qiynayotgan masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar o‘rganildi.
💧 Suv resurslaridan samarali foydalanish, zovur va drenaj tizimlarining holatini yaxshilash hamda sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini barqaror saqlash masalalari deputatlik nazoratida.