Barcha yangiliklar
Yoshlar siyosati, ta’lim va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik — o‘rganish jarayonida
Gallery image 211366
Gallery image 211367
Gallery image 211368
Gallery image 211369
Gallery image 211370
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
10 Avg 2026
18:48

Yoshlar siyosati, ta’lim va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik — o‘rganish jarayonida

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan muhim masalalar yuzasidan hududlarda o‘rganish ishlari izchil davom etmoqda.
Jumladan, tumanda yoshlarga oid davlat siyosatining amalga oshirilishi, “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi, bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichlarining 2 yillik tahlili, shuningdek, ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi holati o‘rganilmoqda.
🔎 Mazkur yo‘nalishlar doirasida Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati M. Kilichov tomonidan 75-maktab Zangiboy mahallasida tegishli o‘rganish ishlari olib borildi.
📚 O‘rganish davomida yoshlar bilan ishlash, bitiruvchilarning ta’limdagi natijalari hamda ijtimoiy soha obyektlarining mavsumga tayyorgarligi bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi.
✅ Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli xulosa va takliflar shakllantirilib, sessiyada muhokama qilinishi rejalashtirilgan. 🇺🇿Rasmiy sahifalarimiz!