Barcha yangiliklar
Haftalik_ish_reja_ijrosi #_doimiy_komissiya_faoliyati
Gallery image 211326
Gallery image 211327
Gallery image 211328
Gallery image 211329
XAMDAMOVA NASIBA MIRZARAIMOVNA
10 Avg 2026
18:38

Haftalik_ish_reja_ijrosi #_doimiy_komissiya_faoliyati

Haftalik_ish_reja_ijrosi
#_doimiy_komissiya_faoliyati


Xalq deputatlari tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda kun tartibiga kiritilgan ikkita masala muhokama qilindi
Kun tartibidagi birinchi masala - Tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining 2-chorak yakuni bo‘yicha huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati to‘g‘risida hisoboti haqida tuman Ichki ishlari bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Sh.Qosimovning hisoboti eshitildi.
Kun tartibidagi ikkinchi masala - Tumanda “Xavfsiz va ravon yo‘l” umummilliy dasturi, avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash doirasida amalga oshirilayotgan ishlari to‘g‘risida tuman IIB JXX YHXG B.Nusratovning hisoboti eshitildi.
Shuningdek, kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan komissiya a’zolari tomonidan atroflicha muhokamalar o‘tkazilib, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda sohalar faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan tegishli tavsiya va qarorlar qabul qilindi.
Yig‘ilish yakunida mas’ullarga belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.