Barcha yangiliklar
#deputat_faoliyati  #24_ta_masala   E’tirof — uy-joyga qonuniy egalik qilish imkoniyati
Gallery image 211198
Gallery image 211199
Gallery image 211200
Gallery image 211201
Gallery image 211202
Gallery image 211203
Gallery image 211204
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
10 Avg 2026
17:30

#deputat_faoliyati #24_ta_masala E’tirof — uy-joyga qonuniy egalik qilish imkoniyati

Tashrif davomida “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi Qonun asosida yer uchastkasiga ijara huquqi hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga mulk huquqi e’tirof etilayotgan fuqarolarning xonadonlari o‘rganildi.

Deputat tomonidan fuqarolarning mazkur jarayonlarga munosabati, mavjud savollari va takliflari tinglanib, ularni qiziqtirgan masalalar yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Ta’kidlash joizki, fuqarolarning uzoq yillardan buyon amalda foydalanib kelayotgan uy-joylariga bo‘lgan huquqlarini qonuniy tartibda rasmiylashtirish ularning mulkiy huquqlarini ishonchli himoya qilishga xizmat qilmoqda.



E’tirof asosida uy-joyga egalik huquqini qo‘lga kiritayotgan fuqarolar endilikda o‘z mulkiga qonuniy egalik qilish, undan erkin foydalanish va tasarruf etish, shuningdek, uni meros qoldirish kabi huquqlarga ega bo‘lmoqda.


Fuqarolar davlat tomonidan yaratilayotgan bunday imkoniyat va qulayliklardan mamnun ekanliklarini bildirib, aholi huquq va manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan islohotlar uchun minnatdorliklarini bildirdilar.