Barcha yangiliklar
YETTINCHI CHAQIRIQ XALQ DEPUTATLARI BO‘STONLIQ TUMANI KENGASHINING O‘TTIZ OLTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
Gallery image 211176
Gallery image 211177
Gallery image 211178
Gallery image 211179
Gallery image 211180
Gallery image 211181
Gallery image 211182
Gallery image 211183
KURGANOVA NILUFAR RAXIMJANOVNA
07 Avg 2026
17:22

YETTINCHI CHAQIRIQ XALQ DEPUTATLARI BO‘STONLIQ TUMANI KENGASHINING O‘TTIZ OLTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

✅Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:

🔻Bo‘stonliq tumanida jinoyatchilikni oldini olish va mahallalarda kriminogen vaziyatni yaxshilash borasida 2026-yilning ikkinchi choragi yakuni bilan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi birinchi masala yuzasidan tuman prokurori S.Xusayinov axboroti tinglandi.

🔻Bo‘stonliq tumani hokimligi huzuridagi “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasidan mablag‘ ajratish yuzasidan takliflar to‘g‘risidagi ikkinchi masala yuzasidan tuman hokimining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari J.Ortiqboyevning hisoboti eshitildi.

🔻Boʻstonliq tumanida yettinchi bosqich “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi uchinchi masala yuzasidan tuman hokimi o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i L.Shodiyeva hisoboti tinglandi.

✅Kun tartibidagi barcha masalalar deputatlar tomonidan tasdiqlanib, tegishli qarorlar qabul qilindi.