Barcha yangiliklar
šŸ« 2026-YILDA SHOVOT TUMANINI KOMPLEKS IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANTIRISH DASTURI: 51-SON MAKTABDA QURILISH-TA’MIRLASH ISHLARI
Gallery image 211134
Gallery image 211135
Gallery image 211136
Gallery image 211137
RUZMETOV UMRBEK SHAVKATOVICH
10 Avg 2026
17:03

šŸ« 2026-YILDA SHOVOT TUMANINI KOMPLEKS IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANTIRISH DASTURI: 51-SON MAKTABDA QURILISH-TA’MIRLASH ISHLARI

šŸ“‹ Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining 2025-yil 30-dekabrdagi VII-18-143-12-177-K/25-son qarori bilan tasdiqlangan ā€œShovot tumanini 2026-yilda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiā€ doirasida 51-son umumta’lim maktabini rekonstruksiya qilish belgilangan.
šŸ— 51-son maktab ā€œQirgā€˜oqboā€˜yiā€ MFYda joylashgan boā€˜lib, loyiha doirasida 340 oā€˜quvchi oā€˜rniga moā€˜ljallangan binoni rekonstruksiya qilish koā€˜zda tutilgan.
šŸ’° Loyiha qiymati: 7 576 mln soā€˜m
šŸ¦ Moliyalashtirish manbasi: Respublika budjeti
šŸ‘„ Mazkur masala yuzasidan Kotibiyat mudiri Izzat Masharipov, bosh mutaxassis Roā€˜zmetov Umrbek Shavkatovich hamda deputat Kariyev Mansur Omongeldiyevich tomonidan 51-son maktabda amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari oā€˜rganildi.
šŸ”Ž Oā€˜rganish davomida belgilangan ishlarning bajarilish holati koā€˜zdan kechirilib, mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.