Barcha yangiliklar
🏛 DEPUTATLIK NAZORATI: TIBBIYOT MUASSASASIDAGI LIFTlar HOLATI O‘RGANILDI
Gallery image 211121
Gallery image 211122
Gallery image 211123
Gallery image 211124
Gallery image 211125
RUZMETOV UMRBEK SHAVKATOVICH
10 Avg 2026
17:01

🏛 DEPUTATLIK NAZORATI: TIBBIYOT MUASSASASIDAGI LIFTlar HOLATI O‘RGANILDI

📍 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati, 11-Istiqlol saylov okrugi “Adolat” SDP deputati Dosova Gulxumar Quranbayevna tomonidan Shovot tumani sog‘liqni saqlash bo‘limida mavjud liftlarning ishlash holati o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida liftlarning:
▫️ texnik holati;
▫️ foydalanish imkoniyati;
▫️ xavfsizlik talablari;
▫️ aholiga va tibbiyot xodimlariga qulayligi;
▫️ uzluksiz ishlashini ta’minlash masalalari ko‘rib chiqildi.
🤝 O‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Ro‘zmetov Umrbek Shavkatovich, “Adolat” SDP Shovot tumani Kengashi raisi Abdiyazova Mehrinoz Shuxratovna hamda viloyat Kengashi deputati Davletov Xurshid Yo‘ldashevich ishtirok etdi.
📌 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni bartaraf etish, liftlarning texnik sozligi va xavfsiz ishlashini ta’minlash yuzasidan tegishli takliflar belgilab olindi.
👥 Deputatlik nazorati — aholi manfaatlarini ta’minlash va muammolarni amaliy hal etishga xizmat qiladi!