Barcha yangiliklar
Deputat nazorat tadbiri: trotuar qurilishi ishlari o‘rganildi
Gallery image 211048
AKBAROV BEKZODBEK ASQAR O‘G‘LI
30 Iyun 2026
00:00

Deputat nazorat tadbiri: trotuar qurilishi ishlari o‘rganildi

📌 Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati "Adolat" SDP a'zosi Sharipov Alisher Eduarovich tomonidan Olmos mahallasining Yakatol ko‘chasida amalga oshirilayotgan trotuar qurilishi ishlari yuzasidan nazorat tadbiri o‘tkazildi.

📝 Nazorat tadbiri davomida piyodalar yo‘lagi qurilishining borishi, bajarilayotgan ishlar sifati hamda loyiha talablari asosida amalga oshirilishi joyiga chiqib o‘rganildi.

✅ Shuningdek, mas’ul tashkilot vakillari bilan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda qurilishni belgilangan muddatlarda sifatli yakunlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

🔰 Hududlarda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va infratuzilma loyihalari ijrosi ustidan deputatlik nazoratini olib borish deputat faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.