Barcha yangiliklar
“Dolzarb 40 kunlik” doirasida obodonlashtirish ishlari davom etmoqda
Gallery image 211017
Gallery image 211018
MUXITDINOV MUXAMMADFUZAYLIDDIN BAXROM UGLI
10 Avg 2026
15:52

“Dolzarb 40 kunlik” doirasida obodonlashtirish ishlari davom etmoqda

Bugun Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati Baxtigul Asrorova Xumo mahallasi hududida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etdi.

Tadbir davomida hududni tozalash, mavjud yashil maydonlarni tartibga keltirish va mahalla hududining yanada obod hamda ko‘rkam qiyofasini ta’minlashga qaratilgan ishlar amalga oshirildi.

Bunday tashabbuslar mahallalarda obodonlikni ta’minlash, ekologik madaniyatni oshirish hamda aholi uchun yanada qulay va fayzli muhit yaratishga xizmat qiladi.

️ Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi