Barcha yangiliklar
O‘rganish
Gallery image 210995
Gallery image 210996
Gallery image 210997
Gallery image 210998
Gallery image 210999
Gallery image 211000
SHODIYEVA GO‘ZAL ODILJON QIZI
10 Avg 2026
15:49

O‘rganish

Mahalla — islohotlarning eng muhim boʻgʻini.
Aholi bilan bevosita muloqot qilish va ularni qiynayotgan masalalarni joyida oʻrganish deputatlik faoliyatining ustuvor yoʻnalishlaridan biridir.
♻️Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashining 25-okrug deputati M.Nazarov Toʻqmaсhi MFY raisi va mahalla faollari bilan uchrashib, hududdagi mavjud muammolarni oʻrgandi.
🔹 Oʻrganish davomida mahalla aholisini qiynayotgan masalalar, obodonlashtirish va infratuzilma bilan bogʻliq muammolar yuzasidan fikr-mulohazalar tinglandi.
🔹 Shuningdek, «Yangi Oʻzbekiston qiyofasidagi mahalla» tamoyili asosida mahallada amalga oshirilayotgan ishlar, hududni obodonlashtirish va aholi uchun qulay shart-sharoit yaratish borasidagi ishlar nazoratdan oʻtkazildi.

♻️Mavjud muammolarni bartaraf etish, aholi murojaatlarini ijobiy hal qilish hamda mahallada amalga oshirilayotgan ishlarni sifatli tashkil etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va koʻrsatmalar berildi.