Barcha yangiliklar
🏫 YANGI QURILAYOTGAN AL-XORAZMIY MAKTABIDA QURILISH JARAYONI O‘RGANILDI
Gallery image 210972
Gallery image 210973
Gallery image 210974
Gallery image 210975
Gallery image 210976
Gallery image 210977
Gallery image 210978
Gallery image 210979
Gallery image 210980
Gallery image 210981
ASTANOVA MUBORAK SHERKULEVNA
10 Avg 2026
15:41

🏫 YANGI QURILAYOTGAN AL-XORAZMIY MAKTABIDA QURILISH JARAYONI O‘RGANILDI

🏫 YANGI QURILAYOTGAN AL-XORAZMIY MAKTABIDA QURILISH JARAYONI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Dilmurod Ergashev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Diyorbek Toyirov shaharda bunyod etilayotgan yangi Al-Xorazmiy maktabida bo‘lib, qurilish jarayonlari bilan tanishdilar.

🔹 Tashrif davomida maktab binosida olib borilayotgan qurilish-montaj ishlari, hududni obodonlashtirish jarayoni hamda kelgusida ta’lim oluvchilar uchun yaratiladigan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

🔹 Mas’ullar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, qurilishning borishi va belgilangan rejalar yuzasidan axborot berildi.

⚖️ O‘rganish O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-637-son “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni talablari asosida amalga oshirildi.

✅ O‘rganish yakunida qurilish ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash, maktab hududini obodonlashtirish hamda o‘quvchilar uchun zamonaviy va qulay ta’lim muhitini yaratish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

✅ Belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash masalalari deputatlik nazoratiga olindi.

🌱 Zamonaviy ta’lim maskanlari — yoshlar kelajagiga mustahkam poydevor!