Barcha yangiliklar
🏘 Aholi muammolari joyida o‘rganildi
Gallery image 210925
Gallery image 210926
Gallery image 210927
MAXAMMADIYEVA GULMIRA ABDULLAYEVNA
10 Avg 2026
14:47

🏘 Aholi muammolari joyida o‘rganildi

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati D.Abulqosimova hamda deputatga biriktirilgan tashkilot vakili bilan hamkorlikda 16-Sazag‘on saylov okrugida aholi bilan xonadonbay uchrashuvlar o‘tkazilib, fuqarolarning murojaat va muammolari o‘rganildi.

Uchrashuvlar davomida aholi tomonidan maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish bilan bog‘liq muammo ko‘tarildi.
Mazkur murojaat deputat tomonidan tegishli mas’ullarga yetkazilib, muammoni bartaraf etish va chiqindilarni belgilangan muddatlarda olib ketish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi.

📌 Deputatlarning saylov okruglarida aholi bilan muntazam muloqot qilishi, murojaatlarni joyida o‘rganishi va ularning ijobiy yechimini ta’minlashga ko‘maklashishi fuqarolar manfaatlarini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.