Barcha yangiliklar
Ko‘p qavatli uylar yerto'lasidagi muammolar joyida o‘rganildi
Gallery image 210841
Gallery image 210842
Gallery image 210843
ORTIQBOYEV RUSTAM ZAYNIDDIN O‘G‘LI
10 Avg 2026
12:06

Ko‘p qavatli uylar yerto'lasidagi muammolar joyida o‘rganildi

Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati bosh yuriskonsulti S.Mamatov, Xalq deputatlari tumani Kengashi deputati A.Isakulov tomonidan Samarqand mahallasidagi 48- va 49-sonli ko‘p qavatli uylar yerto'lasidagi mavjud muammolar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida ko‘p qavatli uylar yerto'lasining sanitariya va texnik holati, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining ahvoli, mavjud nosozliklar hamda aholi uchun noqulaylik tug‘dirayotgan muammolarga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, aniqlangan muammolarning kelib chiqish sabablari o‘rganilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar muhokama qilindi.

Mazkur masala deputat va mas’ul mutaxassislar tomonidan nazoratga olinib, muammolarning amaliy yechimi bo‘yicha ishlar davom ettiriladi.