Barcha yangiliklar
Deputat tomonidan fuqarolar qabuli o‘tkazildi
Gallery image 210839
Gallery image 210840
ORTIQBOYEV RUSTAM ZAYNIDDIN O‘G‘LI
10 Avg 2026
12:06

Deputat tomonidan fuqarolar qabuli o‘tkazildi

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati D.Do‘squlova tomonidan Nurli Pangat mahallasida fuqarolar uchun sayyor qabul tashkil etildi.

Qabul davomida fuqarolar o‘zlarini qiynab kelayotgan turli masalalar, ijtimoiy muammolar hamda mahalla hududidagi mavjud kamchiliklar yuzasidan deputatga murojaat qildilar.

Murojaatlarning har biri tinglanib, ko‘tarilgan masalalarni o‘rganish va imkon qadar amaliy yechim topish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi. Ayrim murojaatlar yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borish zarurligi ta’kidlandi.

Deputat tomonidan fuqarolarning murojaatlarini e’tiborsiz qoldirmaslik, ularni qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqish va muammolarni hal etish choralarini ko‘rish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.