Barcha yangiliklar
Naqqoshlik mahallasida “Dolzarb 40 kun” doirasida ekologik va sanitariya tadbiri o‘tkazildi
Gallery image 210820
Gallery image 210821
Gallery image 210822
Gallery image 210823
Gallery image 210824
Gallery image 210825
Gallery image 210826
NORBAYEVA GULSHAN XASHIMOVNA
10 Avg 2026
11:41

Naqqoshlik mahallasida “Dolzarb 40 kun” doirasida ekologik va sanitariya tadbiri o‘tkazildi

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Nazirov Madaminjon Ma’rufjon o‘g‘li tomonidan 15-Naqqoshlik saylov okrugi hududidagi Naqqoshlik mahallasida “Dolzarb 40 kun” dasturi doirasida ekologik barqarorlikni ta’minlash va hududlarni obodonlashtirishga qaratilgan tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida mahalla hududida sanitariya holatini yaxshilash, ko‘chalar va jamoat joylarini tozalash, maishiy chiqindilarni to‘g‘ri yig‘ish va olib chiqish tizimini takomillashtirish, shuningdek, fuqarolarda atrof-muhitga ehtiyotkor munosabatni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mahalla faollari va mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida hududni ozoda saqlash, ekologik talab va qoidalarga rioya etish hamda obodonlashtirish ishlarini tizimli ravishda davom ettirish yuzasidan tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi.

Mazkur tadbir hududlarda ekologik madaniyatni yuksaltirish, sanitariya-tozalash ishlarini izchil tashkil etish va aholining ushbu jarayonlardagi faolligini oshirishga xizmat qildi.