Barcha yangiliklar
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi
Gallery image 210784
Gallery image 210785
Gallery image 210786
Gallery image 210787
Gallery image 210788
Gallery image 210789
NORBAYEVA GULSHAN XASHIMOVNA
10 Avg 2026
10:56

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining “Beshqo‘rg‘on” saylov okrugi deputati Imamov Sanjarali To‘lqinovich tomonidan hududda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari holatini o‘rganish maqsadida navbatdagi monitoring tadbiri o‘tkazildi.

Monitoring davomida Tirsakobod mahallasidagi gaz ta’minoti infratuzilmasi, xususan, gaz tarmoqlari va quvurlarining texnik holati atroflicha ko‘zdan kechirildi. Aholini qish mavsumida tabiiy gaz bilan uzluksiz va barqaror ta’minlash, mavjud tarmoqlarning xavfsiz va samarali ishlashini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish jarayonida mas’ul tashkilotlar vakillari bilan birgalikda hududdagi mavjud muammolar va aniqlangan kamchiliklar muhokama qilinib, ularni o‘z vaqtida bartaraf etish, profilaktik va ta’mirlash ishlarini jadallashtirish hamda kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.

Shuningdek, gaz ta’minoti tizimining ishonchli faoliyatini ta’minlash, avariyaviy holatlarning oldini olish va aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish yuzasidan mutasaddilarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Deputat tomonidan mazkur yo‘nalishdagi ishlar doimiy nazoratga olinishi, belgilangan chora-tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi yuzasidan monitoring ishlari izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.