Barcha yangiliklar

KOMILOV A’ZAMJON UMID O‘G‘LI
10 Avg 2026
10:42
📌 MUROJAAT — E’TIBORSIZ QOLMAYDI, IJRO — KECHIKMAYDI!
📊 2026-yilning 1-yarim yilligida Tuproqqal’a tumani hokimligiga 397 ta murojaat kelib tushdi. Ularning 81 foizi ijobiy hal etildi yoki huquqiy ma’lumot berish orqali qanoatlantirildi.
⚠️ Shu davrda hokimlikka 4 358 ta hujjat va topshiriq kelib tushgan bo‘lib, 3 912 tasi bajarilgan, 345 tasi ish jarayonida. Biroq 980 ta topshiriq muddatidan kechiktirib bajarilgani qayd etildi.
🔎 Kengash qarori bilan murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ijro intizomini kuchaytirish va mas’ul xodimlarning javobgarligini oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.