Barcha yangiliklar
Deputat tashabbusi bilan keksa fuqarolar ixtisoslashtirilgan tibbiy ko‘rik va davolanishga yo‘naltirildi
Gallery image 210767
Gallery image 210768
Gallery image 210769
Gallery image 210770
Gallery image 210771
Gallery image 210772
Gallery image 210773
NORBAYEVA GULSHAN XASHIMOVNA
10 Avg 2026
10:40

Deputat tashabbusi bilan keksa fuqarolar ixtisoslashtirilgan tibbiy ko‘rik va davolanishga yo‘naltirildi

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining 18-«Guliston» saylov okrugi deputati Kim Marina Melisovna tashabbusi bilan hududda istiqomat qiluvchi keksa yoshdagi fuqarolarning salomatligini mustahkamlash, ularga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish hamda zarur davolanish jarayonlarini tashkil etish maqsadida navbatdagi amaliy tadbir amalga oshirildi.

Deputatning tashabbusi asosida Chilonzor tumanidagi 38-son oilaviy poliklinika bilan hamkorlikda hududda yashovchi fuqarolar Gaynullina Boris Abdullovich va Gaynullina Zuxra Artikovnani ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasasiga yuborish bo‘yicha zarur hujjatlar rasmiylashtirildi va ushbu jarayonga amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

Shuningdek, deputat fuqarolarni shaxsan ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasasiga olib borib, ularning to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tishi, tashxis qo‘yilishi hamda mutaxassislar ko‘rigidan o‘tish jarayonlarida bevosita hamrohlik qildi.