Barcha yangiliklar

KOMILOV A’ZAMJON UMID O‘G‘LI
10 Avg 2026
10:41
📌 Biriktirilgan tashkilotda deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashi deputati Ismoil Jumanazarov o‘ziga biriktirilgan tashkilot — tuman Axborot-kutubxona markazi faoliyatini o‘rgandi.
O‘rganish davomida markaz faoliyati bilan yaqindan tanishilib, mavjud sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Jumladan, zamonaviy rusumdagi kompyuterlar hamda kitoblarni tartibli joylashtirish uchun kitob javonlari yetishmasligi aniqlandi.
Aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish va markaz faoliyati uchun zarur sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha choralar belgilandi.