Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi
Gallery image 210626
Gallery image 210627
Gallery image 210628
Gallery image 210629
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
10 Avg 2026
10:16

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputatlari E.Boboyev hamda G‘.Axmedov tomonidan Yangi hayot mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan uzoq vaqtdan buyon muammo bo‘lib kelayotgan oqova suv tizimining mavjud emasligi masalasi ko‘tarilib, keng muhokama qilindi. Deputatlar tomonidan mazkur masala yechimi bo‘yicha tegishli ishlar olib borilayotgani, oqova suv tizimini tashkil etish uchun mablag‘ ajratilishi hamda ushbu masala tegishli dasturga kiritilgani haqida aholiga tushuntirish berildi.

Shuningdek, mahalla aholisini Mustaqillik bayramining 35 yilligini ko‘tarinki kayfiyatda kutib olish, hududlarda obodonlashtirish va tozalik ishlarini kuchaytirish masalalariga ham e’tibor qaratildi. “Tozalik xonadondan boshlanadi” tamoyili asosida har bir xonadon va uning atrofini ozoda hamda obod saqlash yuzasidan aholi bilan fikr almashildi