Barcha yangiliklar
“DOLZARB 40 KUNLIK” DOIRASIDAGI ISHLAR JADAL DAVOM ETMOQDA!
Gallery image 210565
Gallery image 210566
Gallery image 210567
Gallery image 210568
ALIYEVA ZILOLA YASHNAROVNA
07 Avg 2026
10:02

“DOLZARB 40 KUNLIK” DOIRASIDAGI ISHLAR JADAL DAVOM ETMOQDA!

Bugun erta tongda «Sobirobod» mahallasida Toshkent shahar Milliy gvardiya boshqarma boshlig‘i A.Ortikov, Yunusobod tumani Kengashi deputati, tuman hokimi Abrorxo‘ja Saidaliyev hamda mutasaddi tashkilot rahbarlari boshchiligida saf yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda kommunal xizmatlar, mahalla yettiligi va tegishli idoralar vakillari ishtirok etdi.

➡️ Yig‘ilish davomida hududlarni obodonlashtirish, sanitariya-tozalash ishlarini jadallashtirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda “Dolzarb 40 kunlik” doirasida belgilangan vazifalar yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi. Shundan so‘ng hududda o‘rganish ishlari olib borilib, mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi.

✅ Mahallalarni yanada obod va fayzli maskanga aylantirish yo‘lidagi ezgu ishlarimiz izchil davom etmoqda!

Bizni kuzatishda davom eting!