Barcha yangiliklar
Paxtakor tumani Toshkent mahallasida «Mahalla 17 ligi» faoliyati tanqidiy ruhda o‘rganildi
Gallery image 210558
Gallery image 210559
Gallery image 210560
Gallery image 210561
ORTIQBOYEV RUSTAM ZAYNIDDIN O‘G‘LI
10 Avg 2026
09:55

Paxtakor tumani Toshkent mahallasida «Mahalla 17 ligi» faoliyati tanqidiy ruhda o‘rganildi

Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati bosh yuriskonsulti S. Mamatov hamda Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi bosh mutaxassislari tomonidan Paxtakor tumani Toshkent mahallasida «Mahalla 17 ligi» faoliyati tanqidiy ruhda o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mahallada «Mahalla 17 ligi» faoliyatini samarali tashkil etish, belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash, aholining murojaatlari va muammolarini o‘rganish hamda ularni hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, mahalla hududida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari, sanitariya holati, ichki infratuzilmani yaxshilash, aholi uchun qulay sharoitlar yaratish hamda hududdagi mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning holatiga e’tibor qaratildi.