Barcha yangiliklar
Oliy Majlis Senatining o‘n sakkizinchi yalpi majlisi o‘z ishini yakunladi
Gallery image 210538
Gallery image 210539
Gallery image 210540
Gallery image 210541
Gallery image 210542
Gallery image 210536
Gallery image 210537
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
10 Avg 2026
09:44

Oliy Majlis Senatining o‘n sakkizinchi yalpi majlisi o‘z ishini yakunladi

📍Bugun, 2026-yil 8-avgust kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n sakkizinchi yalpi majlisi o‘z ishini yakunladi.

⚡️Yalpi majlisda senatorlar, hukumat a’zolari, vazirlik va idoralar vakillari, mahalliy Kengashlar deputatlari, Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdilar.

➡️Shuningdek, hududiy studiyalar orqali senatorlar, xalq deputatlari viloyatlar Kengashlari raislari va kotibiyatlari mudirlari, doimiy komissiyalar a’zolari, mahalliy ijro organlari hamda boshqa tegishli tashkilot va muassasalar rahbarlari majlis ishida qatnashdilar.

🇺🇿Yalpi majlis davomida mamlakat ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy taraqqiyotiga oid qator muhim masalalar ko‘rib chiqildi, qonunchilikni yanada takomillashtirishga qaratilgan masalalar yuzasidan muhokamalar olib borildi hamda tegishli qarorlar qabul qilindi.

🇺🇿Majlisni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva olib bordi.