Barcha yangiliklar
Deputat N.Eliboyev mahalladagi muammolarni o‘rganmoqda
Gallery image 210505
Gallery image 210506
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
10 Avg 2026
09:29

Deputat N.Eliboyev mahalladagi muammolarni o‘rganmoqda

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati N.Eliboyev tomonidan “100 mahalla — yagona muammolar xaritasi, yagona rivojlanish yo‘li” loyihasi doirasida Qarshiobod mahallasida bo'ldi.

O‘rganish davomida mahalla faollari, ko‘cha faollari va aholi vakillari bilan suhbatlashilib, hududdagi ichki yo‘llar, ichimlik suvi va elektr ta’minoti, obodonlashtirish, ijtimoiy soha, aholi bandligi hamda tadbirkorlik masalalariga e’tibor qaratildi.

📋 Aholi tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar qayd etilib, aniqlangan muammolarni hal etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borish belgilandi.

🎯 O‘rganish yakunlari asosida "mahalla yettiligi" bilan mahallaning muammolar xaritasi shakllantirildi, masalalar yechimi deputatlik nazoratiga olinadi.