Barcha yangiliklar
Deputat faoliyatidan
Gallery image 210427
Gallery image 210428
Gallery image 210429
OCHILOV BEHRO‘Z IKROMJONOVICH
08 Avg 2026
18:10

Deputat faoliyatidan


📌 Mirzo Salimiy mahallasidagi mavjud muammolar o‘rganildi

🔹 Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashining 9-«Obodon» saylov okrugidan saylangan deputati Husanova Norbegim Rivojovna ekspert guruhi a’zolari bilan hamkorlikda Mirzo Salimiy mahallasida mavjud muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rgandi.

🔹 O‘rganish davomida mahalladagi ichki infratuzilma, ijtimoiy soha obyektlari, kommunal xizmatlar holati hamda aholini qiynab kelayotgan dolzarb masalalar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, mahalla faollari va fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning taklif va murojaatlari tinglandi.

🔹 Aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli xulosa va takliflar shakllantirilib, ularni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish hamda ijrosini deputatlik nazorati asosida ta’minlash bo‘yicha zarur choralar belgilandi.