Barcha yangiliklar
Ortiq Otajanov mahallasidagi “Xorazm” ko‘chasini asfaltlash yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi
KARIMOV AZIMBOY XO‘JABOY O‘G‘LI
08 Avg 2026
18:10

Ortiq Otajanov mahallasidagi “Xorazm” ko‘chasini asfaltlash yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi

O‘rganish davomida Ortiq Otajanov nomli mahalladagi “Xorazm” ko‘chasining yo‘l qismiga asfalt yotqizish zarurligi aniqlandi.

Mazkur masala yuzasidan Bog‘ot tumani Obodonlashtirish boshqarmasiga deputat so‘rovi yuborilib, ko‘chani ta’mirlash va aholiga qulay sharoit yaratish bo‘yicha amaliy yordam so‘raldi.

Fuqarolar murojaatlarini joyida o‘rganish hamda hududdagi infratuzilma muammolarini bosqichma-bosqich hal etish ishlari davom ettirilmoqda.