Barcha yangiliklar
“Takiya ota” ziyoratgohidagi ishlar deputatlik nazoratida
Gallery image 210381
Gallery image 210382
Gallery image 210383
Gallery image 210384
MAMARAJABOV ABDULAZIZ ABDULLA O‘G‘LI
07 Avg 2026
00:00

“Takiya ota” ziyoratgohidagi ishlar deputatlik nazoratida

#kotibiyat_mudiri_faoliyati
#A_Abdinazarov
#nazorat_tahlil

“Takiya ota” ziyoratgohidagi ishlar deputatlik nazoratida

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi kotibiyati mudiri K.Muhammadiyev tuman Kengashiga 3-Takiya saylov okrugidan saylangan deputat A.Abdinazarovning saylov okrugi hududidagi “Takiya” mahallasida deputatga biriktirilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-dekabrdagi “Surxondaryo viloyatining salohiyati va imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–386-son qarori ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati tadbirini amalga oshirdi.

Nazorat davomida “Takiya ota” ziyoratgohiga joyiga chiqilib, mazkur hududda olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari, ularning amaldagi holati hamda bajarilish jarayoni o‘rganildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar tahlil qilinib, belgilangan ishlarning sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirilishi yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Mazkur yo‘nalishdagi deputatlik nazorati ishlari davom ettiriladi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram