Barcha yangiliklar
Kengash_faoliyati
Gallery image 210368
Gallery image 210369
Gallery image 210370
Gallery image 210371
Gallery image 210372
Gallery image 210373
Gallery image 210374
Gallery image 210375
Gallery image 210376
Gallery image 210377
ESHONQULOV ELBEK ABDURAZOQOVICH
08 Avg 2026
16:48

Kengash_faoliyati

“Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida amaliy ishlar davom etmoqda

Prezidentimiz tashabbusi bilan yurtimiz bo‘ylab e’lon qilingan “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida Bandixon tumanida ham mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, aholi uchun munosib va qulay sharoit yaratish borasidagi ishlar izchil davom etmoqda.

Paxtakor mahallasidagi 11-sonli umumta’lim maktabi yonida joylashgan “Xomkon” ko‘chasida uzoq yillardan buyon aholini qiynab kelgan yo‘l muammosi amaliy yechim topdi. Deputat tomonidan aholi murojaatlari o‘rganilib, ushbu hududdagi yo‘l infratuzilmasini yaxshilash masalasi tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda nazoratga olindi va natijada ko‘chada asfaltlash ishlari amalga oshirildi.

Mazkur bunyodkorlik ishlari yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, fuqarolarning xavfsiz va qulay harakatlanishini ta’minlash, ayniqsa, maktab o‘quvchilari va mahalla ahliga yaratilayotgan sharoitlarni yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

Eng muhimi, bu kabi ishlar xalq vakili — deputat faoliyatining asosiy mezoni bo‘lgan aholi murojaatlarini joyida o‘rganish, muammolarni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy hal etish tamoyilining amaldagi ifodasidir.

Mahalla ahli uzoq yillik muammoning yechim topganidan mamnun. Zero, obod yo‘l — rivojlangan infratuzilma, qulay sharoit va farovon hayot garovidir.

Obod mahalla — farovon hayot, rivojlangan infratuzilma — xalqimiz uchun munosib sharoit demakdir!

Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!