Barcha yangiliklar
Kengash_faoliyati
Gallery image 210342
Gallery image 210343
Gallery image 210344
Gallery image 210345
Gallery image 210346
Gallery image 210347
Gallery image 210348
Gallery image 210349
Gallery image 210350
ESHONQULOV ELBEK ABDURAZOQOVICH
08 Avg 2026
16:25

Kengash_faoliyati

Bandixonda birorta murojaat ham e'tibordan chetda qolmaydi!

Inson dardi tinglangan, muammosiga yechim topilgan joyda ishonch mustahkam bo‘ladi. Ana shu ezgu tamoyil asosida Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati, Bandixon tumani hokimi Abdumalik Allamuradovning Prezident Xalq qabulxonasidagi navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.

Qabul avvalida oldingi qabullarda ko‘tarilgan masalalarning ijrosi tanqidiy tahlil qilinib, mas'ul rahbarlarning hisobotlari eshitildi. Har bir topshiriqning bajarilishi yuzasidan aniq natijalar muhokama qilindi.

Shundan so‘ng fuqarolar elektr ta'minoti, ichimlik suvi, yer ajratish, ish bilan ta'minlash, oilaviy masalalar, MIB faoliyati hamda boshqa dolzarb muammolar yuzasidan murojaatlarini bildirdilar.

Qabul davomida 9 ta murojaat ko‘rib chiqildi. Ularning 3 tasi shu yerning o‘zida ijobiy hal etildi, qolgan murojaatlar bo‘yicha mas'ul tashkilotlarga aniq vazifalar yuklatilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.

Bandixonda xalq bilan muloqot shunchaki uchrashuv emas — bu har bir insonning dardini tinglash, muammosiga yechim topish va ertangi kunga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash demakdir.

Xalq roziligi yo‘lidagi amaliy ishlar izchil davom etmoqda!