Barcha yangiliklar
Deputat mahallalardagi obodonlashtirish ishlarini o‘rgandi
Gallery image 210328
Gallery image 210329
Gallery image 210330
GULMATOV TOSHMUROD MAMATALIYEVICH
06 Avg 2026
12:55

Deputat mahallalardagi obodonlashtirish ishlarini o‘rgandi

Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashining 14-"Janubiy Surxon" saylov okrugidan saylangan deputat D.Shaimqulova hamda tuman Kotibiyati bosh mutaxassisi S. Amanov okrug hududidagi Ulug‘bek mahallasida bo‘lib, amalga oshirilayotgan ishlar bilan joyida tanishdi.
O‘rganishlar davomida ichki ko‘chalarni obodonlashtirish, yo‘l yoqalari va ariq-zovurlarni tozalash, daraxtlarga shakl berish va oqlash, ko‘kalamzorlashtirish, eski devorlarni buzib, o‘rniga yangi devorlar qurish kabi ishlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, "Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla" tamoyili asosida olib borilayotgan ishlar, "mahalla yettiligi" faoliyati, aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, jamoatchilik faolligini oshirish hamda fuqarolarni obodonlashtirish ishlariga keng jalb etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ham muhokama qilindi.
Obod va fayzli mahalla — yurt taraqqiyoti, aholi farovonligi hamda birdamligining muhim asosidir.