Barcha yangiliklar
📌 Yangi trotuar qurilishi o‘rganildi
Gallery image 210308
Gallery image 210309
Gallery image 210310
XODJANOV DAVRON AMANKOSHOVICH
08 Avg 2026
12:30

📌 Yangi trotuar qurilishi o‘rganildi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Abduraxmanova Nafisa Alimovna o‘zi saylangan “Keneges” OFY 5-Xamza saylov okrugi hududida trotuar qurilishi bilan tanishdi.

🚶‍♀️ O‘rganish davomida piyodalar uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratishga qaratilgan ishlarning borishi ko‘zdan kechirildi.

🔍 Shuningdek, qurilish ishlarining sifati, trotuarning belgilangan talablarga muvofiq barpo etilishi hamda hududning umumiy obodonchiligi bilan uyg‘unligi yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

📌 Trotuarlarning yangidan barpo etilishi aholi, ayniqsa piyodalar uchun xavfsiz va qulay harakatlanish sharoitlarini yaxshilashga xizmat qiladi.