Barcha yangiliklar
Biriktirilgan tashkilot va doimiy komissiyalar o‘rtasidagi hamkorlik ishlari davom etmoqda
Gallery image 210292
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
08 Avg 2026
11:57

Biriktirilgan tashkilot va doimiy komissiyalar o‘rtasidagi hamkorlik ishlari davom etmoqda

Mazkur yo‘nalish doirasida Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati S.Djumanova tomonidan tuman Milliy bank filiali bilan hamkorlik ishlarini davom ettirdi.

Uchrashuv davomida bank faoliyati, aholi va tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, kreditlash yo‘nalishlari hamda mavjud masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, deputat va tashkilot mutasaddilari o‘rtasida hududni rivojlantirish, aholi murojaatlarini o‘rganish va aniqlangan masalalarni hamkorlikda hal etish bo‘yicha kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi.