Barcha yangiliklar
Deputat mahallalardagi obodonlashtirish ishlarini o‘rgandi
Gallery image 210286
Gallery image 210287
Gallery image 210288
GULMATOV TOSHMUROD MAMATALIYEVICH
06 Avg 2026
11:55

Deputat mahallalardagi obodonlashtirish ishlarini o‘rgandi

Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashining 19-"Munchoqtepa" saylov okrugidan saylangan deputat Sh.Mamadiyev hamda tuman Kotibiyati bosh mutaxassisi T.Gulmatov okrug hududidagi "Hunarmandlar" mahallasida bo‘lib, amalga oshirilayotgan ishlar bilan joyida tanishdi.
O‘rganishlar davomida ichki ko‘chalarni obodonlashtirish, yo‘l yoqalari va ariq-zovurlarni tozalash, daraxtlarga shakl berish va oqlash, ko‘kalamzorlashtirish, eski devorlarni buzib, o‘rniga yangi devorlar qurish kabi ishlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, "Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla" tamoyili asosida olib borilayotgan ishlar, "mahalla yettiligi" faoliyati, aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, jamoatchilik faolligini oshirish hamda fuqarolarni obodonlashtirish ishlariga keng jalb etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ham muhokama qilindi.
Obod va fayzli mahalla — yurt taraqqiyoti, aholi farovonligi hamda birdamligining muhim asosidir.