Barcha yangiliklar
Mahalladagi islohotlar amalda: dastur ijrosi o‘rganildi
Gallery image 210274
Gallery image 210275
Gallery image 210276
GULMATOV TOSHMUROD MAMATALIYEVICH
06 Avg 2026
11:47

Mahalladagi islohotlar amalda: dastur ijrosi o‘rganildi

Tashrif davomida O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori o‘rinbosari Umida Tuxtashevaga Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashi kotibiyati mudiri Sh.Abdusamatov hamrohlik qildi.
"Tayfang" mahallasida “mahalla yettiligi” tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar hamda “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturining hududdagi ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
Jarayonda mahallada kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirishga qaratilgan amaliy ishlar ko‘zdan kechirildi. Mas’ullar bilan muloqot davomida mavjud muammolar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish hamda dastur ijrosini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.
“Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari doirasida mahallada olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari ham ko‘zdan kechirilib, hududni yanada obod va ko‘rkam qilish borasidagi ishlar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
O‘rganish yakunida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash yuzasidan kelgusidagi ustuvor chora-tadbirlar belgilab olindi.