Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashida davra suhbati o‘tkazildi
Gallery image 210266
Gallery image 210267
Gallery image 210265
GULMATOV TOSHMUROD MAMATALIYEVICH
07 Avg 2026
10:23

Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashida davra suhbati o‘tkazildi

Tadbirda tuman Kengashi deputatlari o‘zlari saylangan saylov okruglarida aholi manfaatlarini ta’minlash, murojaatlarni hal etish hamda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yo‘lida amalga oshirgan ishlar yuzasidan hisobot berdilar.
Davra suhbatida tuman Kengashi raisi O‘. Xoshimov so‘zga chiqib, deputatlik faoliyatida qonuniylik, halollik, xolislik, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, saylovchilar bilan tizimli muloqot olib borish, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda mas’uliyatli faoliyat yuritish, Kengash nufuzini yanada oshirish hamda deputatlik maqomidan oqilona foydalanish muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.
Davra suhbati ishtirokchilari kelgusida ham deputatlik faoliyati samaradorligini oshirish, aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirish va hududlardagi dolzarb masalalarni hal etish yuzasidan o‘zaro fikr almashdilar.